Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Аnʼanaviy “Tarixshunoslik oʼqishlari 2021” oʼtkazildi


Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlangan “Mustaqillik davrida tarix fani: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi anʼanaviy “Tarixshunoslik oʼqishlari 2021” respublika ilmiy anjumani oʼtkazildi. Unda yetakchi tarixchi olimlar, yosh tadqiqotchilar, oliy oʼquv yurtlari professor-oʼqituvchilari hamda tarix, sharqshunoslik, arxeologiya yoʼnalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.

Аnjumanda Oʼzbekiston tarixining turli davrlari, tarixshunoslik, sanʼatshunoslik, arxeologiya, manbashunoslik, fan uslubchiligi, etnologiya, numizmatika kabi yoʼnalishlarning 30 yillik rivojlanish natijalari boʼyicha maʼruzalar taqdim qilindi, har bir sohada ilmiy-tadqiqot ishlarining yutuqlari va istiqbolli yoʼnalishlari koʼrsatildi.

Аnjuman davomida respublkamizning yetakchi tarixchi-olimlari tomonidan tarix fani nazariyasi va uslubchiligi masalalari, Oʼzbekiston tarixini davrlashtirish, mustaqillik davrida arxeologiya fanining rivojlanish muammolari, manbashunoslik sohasi rivojlanishining asosiy yoʼnalishlari, Oʼzbekistonda qadimgi tarixni oʼrganishning asosiy omillari, xonliklar davri tarixshunosligidagi oʼzgarishlar va muammolar kabi mavzularda 15 ga yaqin maʼruzalar oʼqib eshittirildi va muhokama qilindi.

  


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!