馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

袗mudaryo daryosining quyi qismidan oxirgi 40 yilda birinchi marotoba qora kaptarning uyalashiga doir ishonchli ma始lumotlar olindi


O始zR F袗 Zoologiya institutida bajarilayotgan “Qoraqalpog始istonning kamyob, yo始qolib ketish xavfi ostida bo始lgan hayvonlar turlari kadastrini yuritish va tekis tuyoqlilarini hisobga olish usullarini ishlab chiqish” loyihasi doirasida 袗mudaryo deltasida qora kaptarning uyalovchi populyatsiyasi saqlanib qolinganligi aniqlandi.

 

foto: N.V.Marmazinskaya.

Qora kaptar Xalqaro qizil ro始yxatga va O始zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga zaif, qisqarib borayotgan tur sifatida kiritilgan. Hisob ishlarini o始tkazish davrida ushbu mintaqada 110-115 juftdan kam bo始lmagan qushning uyalashda ishtirok etishi aniqlandi.

袗mudaryo deltasidagi to始qayzorlar, xususan, ko始p yillik, yo始g始on poyali turang始il daraxtlari ushbu noyob kaptar turi populyatsiyasining reproduktivligini saqlashda muhim o始rin tutadi.

O'zR FA Zoologiya instituti ilmiy xodimi N.N.Azimov.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!