Аmir Temur shaxsini idrok etish – tarixni idrok etish, oʼzligimizni anglashdir. Аmir Temurni ulugʼlash – tarix qaʼriga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 2021-yil 20-yanvar kuni OʼzR FА Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʼzbekiston davlat filarmoniyasi hamkorligida “Аmir Temurni anglash – oʼzligimizni angalash demakdir!” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Yosh avlodni Vatanga sadoqat va fidoiylik ruhida tarbiyalash, Milliy armiyamizning jamiyat va davlat oldidagi ahamiyati va oʼrni, xalqimizning tinchligi, yurtimiz forovonligida harbiylarimizning oʼrni, xalq va armiyaning birdamligi, Qurolli kuchlarimizning 29 yilda erishgan yutuqlari bilan faxrlanish kabi tuygʼularini shakllantirish va yoshlarni harbiy sohaga boʼlgan qiziqishlarini oshirish tadbrining asosiy maqsadi boʼldi. Tadbirda Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori X.T.Fayziyev, Muzey boʼlim boshligʼi prof. А.Madraimov, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi T.Xayit, aktyor Maʼrufjon Otajonov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Madaniyat va sanʼat tashkilotlari bilan ishlash” boʼlimi boshligʼi M.Nurmatova va Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Sh.Isaxanovalar soʼzga chiqdilar.