Fanlar akademiyasi Tarix institutida onlayn shaklda xalqaro ilmiy anjuman bo始lib o始tdi. 袗njumanni Tarix instituti direktori 袗zamat Ziyo ochib berdi va 袗mir Temur shaxsiyatiga doir qimmatli fikrlarni bildirdi. Xususan, 袗mir Temur ilmiy merosi va tarixini xamjihatlikda, birgalashib o始rganish lozimligi alohida ta始kidlab o始tdi.

袗njumanda xorijdan, jumladan, Turkiyadan professor 袗hmet Shimshirgil va professor Hayrunniso 袗lan, Ozarbayjondan akademik Yoqub Mahmudov, Tojikistondan dotsent Bo始ston Tursunov va tarix fanlari nomzodi Jamoliddin 袗bduhakimovlar ishtirok etishdi.
Unda 袗mir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligi, 袗mir Temur saltanati, harbiy jang san始ati va uning jahonda o始rganilishi, Temuriylar davriga oid vaqf hujjatlari kabi bir-biridan qiziqarli ma始ruzalar tinglandi.