袗bu-l-Mahosin Jamol ad-Din Yusuf ibn Tag始riberdi (1410-1470) taniqli misrlik tarixchi olim va adib. U Ibn Hajar al-袗sqaloniy, Badriddin al-袗yniy, Ibn 袗rabshoh kabi o始z davrining yetuk olimlaridan ta始lim oldi. Tarix ilmini esa o始z davri tarixchilarining eng kattasi Taqiy ad-Din al-Maqriziydan o始rgandi. Ibn Tag始riberdi tomonidan yozilgan 12 ta tarixiy kitoblar ma始lum.
“To始liqdan” keyingi sof yakunlovchi chashma” asari muallif o始zi yashagan davrgacha bo始lgan tarixiy ma始lumotlarni o始rganishda, xususan, 袗mir Temur va u haqidagi ma始lumotlar keltirilganligi bilan ham ahamiyatli hisoblanadi. 袗sarda 袗mir Temurning bolalik va o始smirlik paytidagi o始ziga xos hislatlari, siyosiy va harbiy raqobatda g始olib chiqish sharoitlari, amir Husayn bilan ittifoq tuzilishi, Samarqandni poytaxtga aylantirishi, Oltin O始rda bilan munosabatlarning keskinlashuvi sabablari yoritilgan. 袗mir Temur saltanati hududlarining Hindistondan to Iroqqa qadar, Xitoydan Shomga qadar tadrijiy kengayishi yozilgan.

Shu bilan birga Xitoyga safarbarlik va O始trordagi noqulay ob-havo va u bilan bog始liq sharoitlar batafsil bayon qilingaligi ushbu kitobning qiyosiy-tahliliy manba sifatidagi ahamiyatini oshiradi.
O`zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi.