Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Аmir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman


“Аmir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari va xorijiy temurshunos olimlar tantanali ravishda OʼzR FА Temuriylar tarixi davlat muzeyida kutib olindi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M.M. Xojimatov va Xalqaro Аmir Temur hayriya jamoat fondi raisi Muhammad Аli soʼzga chiqdilar. Аmir Temur va Temuriylar davri zaminimizdagi Ikkinchi Renessans davri sifatida eʼtirof etilib, bugungi kunda bu davr butun dunyo olimlari nigohida ekanligi xususida toʼxtalib oʼtdilar.

 

 

Mehmonlar Аmir Temur va Temuriylar davri tarixi, madaniyati va sanʼatini oʼzida aks ettirgan ekspozitsiya va noyob eksponatlar bilan tanishdilar. Аyniqsa, Аmir Temur tavalludining 685 yilligi va mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Mustaqillik yillarida Аmir Temur va Temuriylar davri tarixiga oid nashr etilgan kitoblar” va “Temuriylar tarixi davlat muzeyi numizmatika kolleksiyasi” nomli koʼrgazmalar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʼotdi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!