2022-yil 7-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti tomonidan Rossiya Fanlar akademiyasi va Rossiya tibbiyot Fanlari akademiyasi akademigi Xaitov Raxim Musayevich xotirasiga bag’ishlangan “Аllergologiya va immunologiya muammolari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʼtkazildi.
Rahim Musayevich tashabbusi bilan 1985-yil Toshkent shahrida Immunologiya instituti tashkil etilgan (ilgari - Immunologiya institutining filiali). R.M.Xaitov umrining oxirigacha Immunologiya va inson genomikasi institutiga amaliy yordam berdi. O‘zbekistonda immunologiya va allergologiya sohasida yetishib chiqqan barcha olimlar Rahim Musayevichni oʼzining ustozi deb biladi.
Mazkur konferensiyada 250 ga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Konferensiyadan koʼzlangan maqsad zamonaviy immunologiya va allergologiya sohasidagi yetakchi olim va amaliyot xodimlarining eng yangi tadqiqotlari va ilgʼor ilmiy-amaliy tajribalari hamda sohani rivojlantirish istiqbollari bilan fikr almashishdan iborat.