Bugun, 16-fevral kuni O始zR F袗 Fizika-texnika institutida 袗lisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag始ishlangan ma始rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Institut jamoasi, el ardog始idagi san始atkor, O始zbekiston xalq artisti Tesha Mo始minov, taniqli ma始naviyat targ始ibotchisi, psixolog Dilorom Isakova ishtirok etdilar.

Tadbirni Fizika-texnika instituti direktori Xusniddin Olimov ochib berdi. So始ngra el ardog始idagi san始atkor Tesha Mo始minov buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida alohida o始rin tutishiga batafsil to始xtalib o始tdi. Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o始rganishimiz zarurligi haqida o始z fikrlari bilan o始rtoqlashdilar. Buyuk bobokalonimizning naslu nasabi, tug始ilgan kunidan to umri poyonigacha qilgan betimsol ishlari haqida biz asosan tarixiy, adabiy-badiiy asarlar orqali yaxshi bilamiz. Hazrat Mir 袗lisher Navoiyning ko始plab she始rlari, asarlaridan o始qib berdilar:
Temurxon naslidin sulton Ulug始bek,
Ki olam ko始rmadi sulton aningdek.
袗ning abnoyi jinsi bo始ldi barbod,
Ki davr ahli biridin aylamas yod.

Shuningdek, O始zbekiston xalq artisti Tesha Muminov Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi haqida bayon qildilar. Jumladan “Hindistonning kashf etilishi” kitobida Javoharlal Neruning Bobur haqidagi quyidagi so始zlarini keltirdilar: “Bobur dilbar shaxs edi. Uyg始onish davrining ajoyib sultoni, kuchli, tadbirkor kishi bo始lib, san始atni, adabiyotni, go始zallikni sevardi”.
Ko始plab badiiy filmlarda o始ynagan, teatr sahnalarida unitilmas obrazlar yaratgan, xalq ardog始iga tushgan buyuk san始atkor Tesha Muminovning chiqishi Institut xodimlarida katta taassurot qoldirdi.
So’ngra taniqli ma始naviyat targ始ibotchisi, psixolog Dilorom Isakova bu kabi tadbirlar nechog始li hayotimizda tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi haqida ma始ruza qildilar, yaxshilika intilish, muhabbat haqidagi o始z fikrlari bilan o始rtoqlashdi.
Qiziqarli o始tgan uchrashuv yakunida psixolog olim tomonidan Institut xodimlari o始rtasida psixologik test - trening o始tkazildi.
Tadbir judayam qiziqarli, mazmunli, bahs munozaraga boy bo始ldi.
Uchrashuvni yakunlar ekan, Institut direktori X.K. Olimov bugungi tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar ijodiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Ularga samimiy minnatdorchilik bildirdi.