So始z mulkining sultoni Hazrat Mir 袗lisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Fanlar akademiyasi O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi Burobiya Rajabovaning “Boqiy vasiyatnomalar” kitobi nashr etildi.

Mazkur kitobda 袗lisher Navoiy asarlarida tasvirlangan tarixiy va badiiy obrazlar, timsollar tahlil etilgan. Uning moliyaviy ibodati, mulk haqidagi qarashlari, ayrim fazilat va qadriyatlar haqidagi mumtoz talqinlar tarannum qilingan poetik lavhalar va badiiy mahorati, boqiy vasiyatnomalari, so始z muddaolari, ko始ngil bilan bog始liq ifodali tasvirlari, ijod, madaniy muhit, ilm-u ma始rifat bilan bog始liq masalalari ijtimoiy fikr va poetik talqin mezonida tadqiq etilgan. 袗lisher Navoiyning sharafli nomi zikr qilingan adabiy manbalar xususida ham fikr yuritilgan.
Kitob o始rta va oliy o始quv yurtlarining filologiya fakulteti talabalari, o始zbek mumtoz adabiyoti tarixi yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo始ljallangan.