Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti o‘tkazildi


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti o‘tkazildi.

  

Unda Yozuvchilar uyushmasi vakillari, olimlar, oliy ta'lim muassasalari xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, atoqli olim Nizomiddin Mahmudov Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi yuksak saviyada nishonlanayotganini ta’kidladi.

To‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning nashr etilishi buyuk shoir bobomiz tavalludining 584 yilligiga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi. Ushbu to‘plamda Navoiy bilan bog‘liq barcha jabhalar – ilmiy, hayotiy, tarixiy ma’lumotlar jamlangan.

  

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!