Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Alisher Navoiy - buyuk shoir va mutafakkir


Respublikamizda 9-fevral har yili anʼanaviy tarzda oʻzbek adabiyoti tarixining yorqin siymosi, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning tavallud kuni sifatida keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan 8-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutida A.Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda hazrat Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bagʻishlab “Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini oʻrganish masalalariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjumanning 64-yigʻilishi” boʻlib oʻtdi. Anjumanda shoir va yozuvchilar, yosh tadqiqotchilar, respublikamizdan va qoʻshni hamdoʻstlik mamlakatlaridan tashrif buyurgan yirik navoiyshunos olimlar ishtirok etdi.

  

Hindistonning Javohirlaʼl Neru universiteti professori Axloqiy Ahmadi Ohan Hindistondagi fors tilli adabiyotga oʻrta osiyolik shoir ijodkorlar, ayniqsa, Alisher Navoiyning taʼsiri beqiyos ekanligini alohida taʼkidladi.

Anjumanda shoirning oʻzbek va jahon adabiyotida tutgan oʻrni, nasriy va sheʼriy asarlari tahlili, adib asarlarini qiyosiy aspektda oʻrganish masalalari, daho shoir va buyuk mutafakkir ilmiy va ijodiy merosining boshqa davlatlarda oʻrganilishi kabi masalalarga bagʻishlangan maʼruzalar tinglandi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!