O始zR F袗 Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo始lim mudiri, t.f.d., professor 袗bdumajid Madraimovning “袗lisher Navoiy badiiy asarlarining XV-XVI asrlardagi qo始lyozmalari” nomli monografiyasi nashr etildi.

袗lisher Navoiyning yirik davlat arbobi sifatidagi faoliyati, taraqqiyparvar qarashlari, tarixga oid va badiiy asarlari kitobat san始ati ahli uchun bitmas-tuganmas ilhom manbai bo始lib kelganligi tarixdan ma始lum. Uning ilg始or insonparvarlik g始oyalari hamda badiiy-estetik qarashlarini, boy ijodiy va ma始naviy merosini bugungi mustaqillik sharoitida tarix ilmi, madaniyat va kitobat san始ati nuqtai-nazaridan maxsus tadqiq qilish xalqimiz qadimiy va boy merosini hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib o始rganish, milliy ong va istiqlol mafkurasining chuqur, teran va baquvvat asoslarini, ildizlarini oydinlashtirishga, yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shularni inobatga olgan holda, 袗lisher Navoiy asarlari mo始tabar qo始lyozmalarni o始rganishga o始zining katta hissasini qo始shib kelayotgan olim, professor 袗bdumajid Madraimov tomonidan “袗lisher Navoiy badiiy asarlarining XV- XVI asrlardagi qo始lyozmalari” nomli monografiyasi nashr etildi.
Monografiyada 袗lisher Navoiy dostonlari – “Xamsa”, “Lison ut-tayr” qo始lyozmalari va ularga ishlangan rasmlarning asosiy badiiy-estetik xususiyatlari o始rganilgan bo始lib, ular 袗bulqosim Firdavsiy, Fariduddin 袗ttor, Nizomiy Ganjaviy, 袗mir Xusrav Dehlaviy dostonlariga ishlangan rasmlar bilan qiyoslab tadqiq etilgan.
Monografiya jahonning turli muzeylari, shaxsiy kolleksiyalari, kutubxonalarida saqlanib kelinayotgan 袗lisher Navoiyning ko始plab qo始lyozma asarlari haqidagi batafsil, qimmatli ma始lumotlarni, ularga ishlangan rasmlarni o始z ichiga qamrab olgan. Monografiya ilovasida "Majolis un-nafois" tazkirasiga ishlangan rasmlar tavsifi va qisqacha mazmuni keltirilgani ahamiyatlidir.