O始zbekistonda kibernetika fanining asoschilaridan biri bo始lgan yirik olim, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Vosil Qobulovich Qobulov.

V.Q.Qobulov 1921-yil 5-sentyabrda Toshkent shahrida tug始ilgan. 1938-yili o始rta maktabni bitirib, O始rta Osiyo davlat dorilfununining mexanika-matematika kulliyotiga o始qishga kirgan. 1941-yili armiya safiga xizmatga chaqirilishi munosabati bilan dorilfununda o始qish to始xtatilgan. 1941-1945-yillarda V.Q.Qobulov Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo始lgan. 1945-yil urushdan qaytgach, o始qishni Toshkent temir yo始li transporti muhandislari oliygohida qurilish kulliyotida davom ettirgan. 1948-yili o始qishni tugatib Chorjo始y-Qo始ng始irot temir yo始li qurilishida ishlagan. 1950-yil aspiranturaga o始qishga kirgan.
1952-yili “To始g始ri burchakli yassi plastinkaning tekis tarang holatini hisoblashning ba始zi bir usullari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1961-yili esa Moskva davlat universiteti Ilmiy Kengashida “Elastiklik va plastiklik dinamik nazariyasining bir o始lchovli va ikki o始lchovli ba始zi bir masalalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu dissertatsiya fanda yangi yo始nalish bo始lib, algoritmik mexanikaga asos solgan.
Fanlar akademiyasi va bir necha oliy o始quv yurtlarida Kibernetika va mexanika sohasi bo始yicha bir necha ilmiy maktablar yaratgan hamda 50 dan ortiq doktorlik va 70 dan ortiq nomzodlik ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan.
袗toqli olim xalq xo始jaligining turli sohalarida foydalanish uchun algoritmlashning nazariy asoslarini yaratish va amaliyotga tadbiq qilishga salmoqli hissa qo始shdi. Uning muhit mexanikasi masalalarini yechishni algoritmlash, inshootlarning zilzilaga bardoshliligi, hisoblash matematikasi muammolarini hal qilish masalalariga bag始ishlab yozgan 500 ga yaqin maqola va 20 dan ortiq monografiyalari keng jamoatchilikka yaxshi ma始lum.
Zahmatkash olim o始z faoliyati davomida jonkuyar ustoz sifatida ko始plab yoshlarga ilm-fan sirlaridan saboq berdi. 袗kademik V.Qobulovning mamlakatimiz fani rivojiga qo始shgan hissasi davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “O始zbekiston Respublikasida xizmat ko始rsatgan fan arbobi”, “O始zbekiston Respublikasi davlat mukofoti”, “El-yurt hurmati” ordeniga sazovor bo始lgan edi.
Bu yil Fanlar akademiyasi tomonidan akademik tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilgan.