Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Sоbir Yunusov tavalludining 110-yilligiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi


O‘zR FA akad. S.Y.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, O‘zR FA Yosh olimlar Kengashi hamda «Xимия природныx соединений» (“Chemistry of natural compounds”) jurnali tahririyati hamkorligida 19-mart kuni akademik S.Yu.Yunusov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Tabiiy birikmalar kimyosining dolzarb muammolari” mavzusida Respublika yosh olimlar ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Unda FA ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi olimlari, respublikamizdagi yosh tadqiqotchilar, oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi.

Konferensiya ishida tabiiy birikmalar kimyosi, texnologiyasi, farmakologiyasi, biotexnologiya va organik kimyo masalalari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Konferensiya yakunida O‘MKI yosh olimlari D.Akramov, D.Siddiqovlar faol ishtiroki uchun qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. O‘zMU magistri D.A.Mustafoyeva qiziqarli ma’ruzasi uchun “Faol talaba” nominatsiyasida Institut rahbariyati hamda «Xимия природныx соединений» tahririyati tomonidan ilmiy nashrlar va jurnalning 1 yillik obunasi bilan taqdirlandi.

  

Ma’lumot o‘rnida akademik S.Yu.Yunusov tabiiy birikmalar kimyosi sohasida jaxon ilm-fan rivojiga katta xissa qo‘shgan, “Leopoldina” Germaniya tabiatshunoslar akademiyasining fahriy a’zosi, O‘zbekiston fan arbobi, Mehnat qaxramoni, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, Fan va texnika sohasida birinchi darajali O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati,  D.I. Mendeleev nomidagi Oltin medal kavaleri, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni va qator boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!