Shu yilning 18-aprelida akademik Sh.袗.Egamberdiyev 袗ndijon viloyati Marhamat tumani iqtidorli yoshlari va maktab direktorlarining ma始naviy-ma始rifiy ishlar bo始yicha o始rinbosarlari hamda targ始ibotchilari bilan uchrashdi. Uchrashuv mahalliy tadbirkorlar tomonidan Marhamat shahrida barpo etilgan hashamatli kutubxonada tashkil etildi.


Uchrashuvda akademik mamlakatimizda ilm-fan holati va istiqbollari to始g始risida ma始ruza-taqdimot qildi. O始zbekiston Prezidenti muhtaram Sh.M.Mirziyoyevning ilm-fan rivojiga va olimlarimizga alohida e始tibor ko始rsatayotganligini alohida ta始kidlab o始tdi.
Ma始ruza-taqdimotda kosmik soha va astronomiya fanining istiqbollari, xususan Maydanak observatoriyasi hamda Suffa yassitog始ida barpo etilajak RT-70 radioobservatoriyalari haqida ma始lumot berildi.
Uchrashuv so始ngida akademik Sh.Egamberdiyev yoshlarni qiziqtirgan ko始plab savollarga javob berdi.