Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Shavkat Ayupov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida uchrashuv o‘tkazdi


 Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Madaniyat saroyida O‘zbekiston Qahramoni, akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitetning professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalari va magistrantlari ishtirok etishdi.

Akademik Sh.A. Ayupov yurtimizda matematika ilm-faniga hukumatimiz tomonidan qaratilayotgan katta e’tibor, matematika fanining jamiyatimizda tutgan ahamiyati va diyorimiz matematik olimlarining ilm-fanga qo‘shgan salmoqli hissalariga e’tibor qaratdi. Shuningdek, Uchunchi Renessansning poydevori yaratish va buning uchun minglab talantli kadrlar, iqtidorli zamonaviy yoshlar va fidoyi insonlarning kerakligini aytib o‘tdi.

 

Uchrashuv so‘nggida ishtrokchilar Sh.A. Ayupovning umr yo‘li va tajribasiga aloqador bo‘lgan o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va ularga tegishli javoblar olishdi.

Haqiqatdan ham, talaba-yoshlar uchun tarbiya maktabi bo‘ladigan hayot yo‘liga ega bo‘lgan hurmatli ustozimiz har birimiz uchun iftixor va g‘urur bag‘ishlaydi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!