O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutida atoqli mashhur matematik olim Sa始di Hasanovich Sirojiddinov tavalludining 100 yilligiga bag始ishlangan “Stoxastik tahlilning zamonaviy muammolari” mavzusidagi ilmiy konferensiya bo始lib o始tdi.
Konferensiya ishida 100dan ortiq mutaxassislar, shu jumladan, Rossiya, Ukraina, Ozarbajon va Gruziyadan 10dan ortiq olimlar ishtirok etdilar va ilmiy ma始ruzalar bilan qatnashdilar. Konferensiya ochilishida O始zR F袗 Matematika instituti, direktori akademik Sh.袗.袗yupov, akademiklar Sh.K.Farmonov, 袗.袗zamovlar S.H.Sirojiddinovning O始zbekistonda ilm-fanni rivojiga, yuqori malakali kadrlarni yetishtirishga,yoshlar tarbiyasiga, Respublikamizda matematika bo始yicha olimpiadalarni tashkil etishga qo始shgan ulkan hissasi to始g始risida ma始ruza qildilar.

Konferensiya ishida taniqli olimlardan tashqari Matematika institutining, Respublikamiz OTMlarining ko始plab yosh olimlari, tayanch doktorantlari va O始zbekiston milliy universitetining matematika yo始nalishi magistrantlari qatnashdilar va ma始ruzalar qildilar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bugungi kundagi informatsion texnologiyalar juda katta imkoniyatlarga, qulayliklarga egaligini, olimlarimizni jahon hamjamiyatiga chiqish imkoniyatlari vujudga kelganini, olimlarimizni chet ellik mutaxassislar bilan bevosita aloqa qila olishini bo始lib o始tgan konferensiya yaqqol namoyon qildi.
Ma’lumot o’rnida, S.H.Sirojiddinov — fizika-matematika fanlari doktori, professor, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Davlat mukofotlari laureati, mamlakatimiz va chet ellar matematiklari orasida ehtimollar nazariyasi, matematik statistika va ularning tadbiqlari, matematik analiz, O始rta Osiyoda matematikani rivojlanish tarixi sohalaridagi tadqiqotlar muallifi sifatida tanilgan.
S.H.Sirojiddinov mohir pedagog va jonkuyar fan tashkilotchisi sifatida mamlakatimiz uchun ko始plab matematiklarni, jumladan, 10dan ortiq fan doktorlarini va 50ga yaqin fan nomzodlarini tarbiyalab yetishtirgan va yana ham ko始proq matematik olimlar shakllanishida rahnamolik qilgan.