
O始zbekiston ilm-fani og始ir judolikka uchradi.
Mehnat iqtisodiyoti va mehnat resurslaridan foydalanish muammolari sohasida yetakchi olima, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ubaydullayeva Ra始no 袗xatovna 84 yoshida vafot etdi.
Taniqli olima, mehribon ustoz, kamtarin inson Ubaydullayeva Ra始no 袗xatovnaning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan hamdardlik bildiramiz.