Materialshunoslik fizikasi, ilmiy asbobsozlik va mikroelektron texnikasi sohasida tanilgan yirik olim, O始zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Rajabov Telman Dadayevich 2020-yil 12-avgustida 85 yoshida vafot etdi.

foto: TATU
T.Rajabov 1935-yil 15-avgustda Samarqand shahrida tug始ilgan. Bauman nomidagi Moskva oliy texnika universitetini 1959-yilda tugatgan. 1966-yili nomzodlik, 1980-yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun 1995-yilda O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a始zosi (akademigi) etib saylandi.
Iste始dodli olim qariyb 60 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti katta ilmiy xodimi, Elektronika instituti laboratoriyasi mudiri, Markaziy ilmiy asbobsozlik konstruktorlik va texnologik byurosi direktori, Toshkent elektrotexnika aloqasi instituti (hozirgi Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti) rektori, Markaziy Osiyo telekommunikatsiya o始quv markazi direktori, Toshkent elektrotexnika aloqasi instituti kafedrasi mudiri va professori lavozimlarida samarali mehnat qildi, mamlakatimizda ilm-fan va ta始lim sohalarini rivojlantirish, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo始shgan.
T.Rajabov fizikaviy materialshunoslik va mikroelektronikaning ilmiy asbobsozlikda O始zbekiston miqyosida qo始llash ilmiy yo始nalishini asoschisi sifatida tanilgan.
Yirik olimning materialshunoslik va mikroelektronika maktabini dunyoga tanitishda muhim ahamiyatga ega bo始lgan dolzarb mavzulardagi ilmiy maqolalari, tadqiqot-risola va monografiyalari yurtimiz va chet el ilmiy jamoatchiligi o始rtasida yuksak e始tirofga sazovor bo始ldi.
Jonkuyar ustoz sifatida ko始plab yoshlarga saboq bergan ilm-fan fidoyisining bevosita rahbarligida o始nlab fan doktorlari va fan nomzodlari yetishib chiqdi.
T.Rajabov kamtarin va samimiyligi, talabchan, tashvishlarga befarq qarolmaydigan inson sifatida katta hurmat va e始tiborga sazovar bo始lgan.
袗kademik T.Rajabovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi.
U “ Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.
袗toqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Rajabov Telman Dadayevichning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.