Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik N.P.Bochkov nomidagi tibbiy genetik ilmiy markazi Toshkent filiali - Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markaziga press-tur tashkil etildi


Bugun, 25-fevral kuni FA Immunologiya va inson genomikasi instituti bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan akademik N.P.Bochkov nomidagi tibbiy genetik ilmiy markazi Toshkent filiali - Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markaziga press-tur tashkil etildi.

 

Press-turda OAV vakillari markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Laboratoriya ish jarayonlarini kuzatdilar va mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ayni kunlarda Markazda O‘zR FA Immunologiya va genomikasi instituti hamda “Immunogen Test” markazi bilan birgalikda Ikkinchi xalqaro klinik tibbiy genetika maktabi o‘quv kurslari hamda tibbiy genetika sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida respublikamizning turli joylaridan kelgan irsiy jigar kasalliklari va sindromli patologiyalari bilan og‘rigan 40 ga yaqin bemorlar uchun bepul tibbiy genetik konsultatsiyalar o‘tkazilmoqda. OAV vakillari shu jarayonlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

 

  

 

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi “Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markazi – “Akademik N.P.Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat byudjet ilmiy muassasasi bo‘linmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 513-son qarori asosida akademik N.P.Bochkov nomidagi tibbiy genetik ilmiy markazi Toshkent filiali - Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Inson genetikasi va tibbiy genetika boʼyicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar, jumladan, irsiy kasalliklarning tarqalishi, etiologiyasi va patogenezi, ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash kabilar Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.

Shuningdek, mazkur Markazning doimiy ravishda xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali ilmiy va tibbiy kadrlar tayyorlash tizimida ishtirok etish vazifasi belgilangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!