Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“AKADЕMIK FAN VA ZAMONAVIY AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY SЕMINAR


2019-yil 12-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna, Rossiya) Axborot texnologiyalari laboratoriyasi yetakchi olimlari va Markaziy Osiya tadqiqot va taʼlim tarmogʻi (CAREN) vakillari ishtirokida “Akademik fan va zamonaviy axborot texnologiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.

Ushbu seminar ilm-fan va taʼlim sohasida axborot texnologiyalaridan amaliy foydalanish hamda asosiy maʼlumotlar bazasini yaratish, yirik maʼlumotlarni (Big Data) qayta ishlash va boshqarish masalalariga bagʻishlandi.

  

“Bishlashgan yadro tadqiqotlari instituti dunyoda eng mashhur ilmiy markaz boʻlib, Oʻzbekiston olimlari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalariga ega. Bugungi seminardan koʻzlangan asosiy maqsad, rossiyalik va qirgʻizistonlik olimlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, olimlarimizni, yosh tadqiqotchilarimizni, talabalarimizni aynan ilm-fanda axborot texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari hamda afzalliklari bilan kengroq tanishtirishdan iborat”, - deydi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S.Mirzayev.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari yuqori tezlikdagi aloqa tizimi sifatida CARENning atrof-muhitni oʻrganishga oid tadqiqotlar, seysmologiya, telemeditsina, tabiiy va madaniy merosni asrash kabi sohalarda birgalikdagi izlanishlarni rivojlantirish borasidagi faoliyati bilan ham tanishdilar.

Avvallambor, ushbu seminarni tashkil etganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Bexzod Yuldashevga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Bu seminar oʻzbek olimlari bilan hamkorlik aloqalarining yangi bosqichiga zamin yaratishiga ishonaman, – dedi Qirgʻiziston Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasi akademigi A.Kutanov (CAREN).

Seminar yakunida ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini va texnologik salohiyatni oshirish, shuningdek, fan, texnika, iqtisodiyotda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari boʻyicha fikr almashildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!