O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti Nazariy astrofizika laboratoriyasi mudiri, akademik Bobomurod Ahmedov Saudiya Arabistonining Dhahran shahrida joylashgan King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM) universitetida mehmon bo‘ldi.
Akademik B.Ahmedovning tashrifi davomida Qirol Fahd universiteti professorlari va tadqiqotchilari bilan qora o‘ralar astrofizikasi bo‘yicha ilmiy hamkorliklar muhokama qilindi. Uning rejalari o‘zbekistonlik olimlarning relativistik astrofizikadagi natijalari va yutuqlarini taqdim etishdan iborat edi.
Ushbu safar ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirish va mustahkamlash, shuningdek yosh ilmiy kadrlar tayyorlashga xizmat qildi. Akademik Ahmedov va uning jamoasi Saudiya Arabistonidagi olimlar bilan ilmiy aloqalarni rivojlantirishda muhim qadam tashladi.
Safar yakunida tashkil etilgan seminarlar va taqdimotlar ilmiy jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Ushbu ilmiy safar nafaqat ilmiy aloqalarni mustahkamlashga, balki O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorliklarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot o’rniga: King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM) 1963-yilda tashkil topgan va muhandislik, fan, texnologiya hamda menejment sohalarida yuqori sifatli ta'lim va tadqiqotlar bilan tanilgan nufuzli davlat universitetidir. Universitetning asosiy vazifasi neft va mineral resurslarga boy Saudiya iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashdir.