2020 yil 16-19-sentyabr kunlari O始zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Baxtiyor Nazarov tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O始zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O始zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, 袗lisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o始zbek tili va adabiyoti universiteti, Akademik B.G始afurov nomidagi Xo始jand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Qo始qon davlat pedagogika instituti hamkorligida “袗dabiyotshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy onlayn konferensiya o始tkazildi.


To’rt kun davom etgan konferensiya ishi to’rtta sho始bada olib borildi. 袗lisher Navoiy sho始basida mumtoz adabiyotni o始rganishning turli masalalari, Muso Toshmuhammad o始g始li Oybek sho始basida zamonaviy adabiyotni, xususan nasriy asarlarni o始rganish va o始rgatish, 袗bdulla Oripov sho始basi folklor va zamonaviy adabiyotni, xususan she始riy asarlarni o始rganish va o始rgatish, Ozod Sharafiddinov sho始basi folklor, tarjimashunoslik, adabiy aloqalar va adabiyotni o始qitishning turli masalalari haqidagi ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi, o’zaro fikr almashildi. Har bir sho始bada respublikamiz va xorijdan 40 nafarga yaqin adabiyotshunoslar ishtirok etdi.