馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

袗kademik 袗natoliy Sagdullayevning 70 yillik yubileyiga bag始ishlangan xalqaro anjuman o始tkazildi


2021-yil 19-iyun kuni tarix fanlari doktori, professor, O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi 袗natoliy Sagdullayevning 70 yillik yubileyiga bag始ishlangan “Markaziy Osiyo tarixi va arxeologiyasi: an始analar, innovatsiyalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o始tkazildi.

 

Unda O始zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari, akademiklar, yetakchi arxeolog olimlar, O始zMU tarix fakulteti jamoasi, akademikning shogirdlari, yosh tadqiqotchilar, shuningdek, Ispaniya, Xitoy, Tojikiston, Gretsiya, Rossiya, Chexiyadan soha mutaxassislari ishtirok etdi. 袗njumanda so始zga chiqqanlar 袗.Sagdullayevning arxeologiya sohasidagi uzoq yillik faoliyati, erishgan natijalari haqida gapirar ekan, olimning faoliyati ko始pqirrali ekanligini, 48 yil ish stajiga ega mohir pedagog, ijodkor va o始tkir qalam sohibiligini alohida ta始kidlashdi.

Sagdullayev 袗natoliy Sagdullayevich O始rta Osiyo arxeologiyasi, madaniyati va davlatchiligi tarixi bo始yicha yirik mutaxassis. Olim ilgari O始rta Osiyo arxeologiyasi faniga noma始lum bo始lgan yodgorliklarni kashf etgan va qadimgi Baqtriya, Sug始diyona hududlarida ko始p yillik dala arxeologik tadqiqotlari natijasida topgan muhim ilmiy materiallarni ilk bor tarix faniga kiritgan. Bu ilmiy kashfiyotlar va tadqiqotlar xorijda tan olingan. O始z ilmiy maktabini yaratgan olim. 袗.S.Sagdullayev 3 nafar doktorlik dissertatsiyasi, 14 nafar nomzodlik, 5 nafar tarix fanlari bo始yicha falsafa doktori (PhD) va bir qator magistratura talabalarining dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!