馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

袗kademik 袗bdusattor 袗bdukarimovga 80 yoshda!


O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi 袗bdukarimov 袗bdusattor 袗bdukarimovich 1942-yil 4-aprelda Toshkent viloyati Chinoz tumani tug始ilgan.

Bugungi sana munosabati bilan O始zbekiston Repsublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida Markaz xodimlari, akademikning shogirdlari, hamkasblari ishtirokida tantanali tadbir o始tkazildi.

  

Tadbirda so始zga chiqqanlar akademikning hayot yo始li, ilmiy faoliyati, yaratgan ilmiy maktabi haqida gapirib berdilar va olimni qutlug始 80 yoshi bilan qutladilar.

Ma始lumot o始rnida: akademik 袗bdukarimov 袗bdusattor O始zR F袗 Genetika va o始simliklar zksperimental biologiyasi institutining tashkilotchilaridan biri va bu Institutning birinchi direktori bo始lgan. 2012-yildan boshlab F袗 Genomika va bionformatika markazida ishlamoqda.

袗.袗.袗bdukarimov rahbarligida respublikamizda ilk bor molekulyar biologiya laboratoriyasi tashkil qilindi. Bu yerda faol ijodiy muhit yaratishga erishildi va saraton bilan zararlangan hamda normal hujayralarda tireoid gormonlar tomonidan genetik jarayonlarni regulyatsiyasi bo始yicha chuqur nazariy tadqiqotlar olib borildi. Uning bu yo始nalishdagi maqolalari majmuasi 1983-yilda 袗QShning Academic Press nashriyotida chop etilgan “Regulation of the cell activity” kitobiga kiritilgan.

袗.袗bdukarimov O始zR F袗 Genetika instituti tarkibida “Geninmar” gen injenerlik markazi tashkil qildi va bu bilan an始anaviy g始o始za genetikasi, selektsiyasi, molekulyar biologiyasi usullarini g始o始za molekulyar genetikasi yutuqlari bilan bog始lab yangi g始o始za navlari selektsiyasi jarayonini uyushtirish uchun imkoniyat yaratdi.

袗.袗bdukarimov “Nolegal ko始knori ekinlarini biologik xavfsiz agent vositasida yo始qotish” xalqaro ilmiy dasturiga rahbarlik qildi. Bu sohada yaratilgan yangi biotexnologiya O始zbekiston, Tojikiston va Qirg始izistonda aprobatsiyadan muvaffaqiyatli o始tdi hamda BMTning giyohvandlikka qarshi kurashish qo始mitasi tomonidan yuqori baholandi.

Eng yuksak talablarga javob beraoladigan yosh kadrlar salohiyatini yaratish bo始yicha ishlar 袗.袗bdukarimovning doimiy diqqat markazidadir. Taniqli olim, fanni rivojlantirishning va yetuk ilmiy kadrlar tayyorlashning fidoiysi, molekulyar biologiya va molekulyar genetika sohalarida, hamda bu fanlarga asoslangan biotexnologiyalar yaratishda ilmiy ommaga keng tanilgan maktab yaratdi. Hozirgi kungacha 20 dan ortiq mutaxassislarimiz dunyoning 袗QSh, 袗vstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, Janubiy Koreya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Ispaniya kabi davlatlarning genomika va biotexnologiya markazlarida malaka oshirdilar, ushbu markazlar bilan ilmiy aloqalarni yo始lga qo始ydilar va shu bilan Respublikada fanning rivojlanishiga o始z hissalarini qo始shishmoqda.

袗kademik 袗.袗bdukarimov “Genom texnologiyalari markazi” asoschisi. 袗yni paytda akademik rahbarlik qilayotgan ushbu markazda DNK-markerlarga asoslangan selektsiya (M袗S) texnologiyalar yaratilgan va ushbu markerlar yordamida dunyoda birinchilardan bo始lib g始o始zada tola rivojlanishi genlarini istiqbolli g始o始za navlariga ko始chirib o始tkazishda zamonaviy selektsiya usullari qo始llanilmoqda. Bundan tashqari, O始zbekiston Respublikasi intellektual mulkini himoya qilishda yuridik hujjat hisoblanuvchi o始zbek g始o始za germoplazmasi kollektsiyasi liniya va navlarining molekulyar-genetik pasportlari yaratildi.

O始zbekistonda ilk bor gen-nokaut texnologiyasidan foydalanib ildiz tizimi yaxshi rivojlangan hamda tolasi uzaygan yuqori sifatli va tezpishar g始o始za transgen liniyalari yaratildi.

Shu yo始nalish bo始yicha olingan ilmiy natijalar asosida bir qator ilmiy maqolalar nufuzli halqaro ilmiy jurnallarda chop etildi

袗kademik 袗.袗bdukarimov rahbarligida olib borilayotgan ushbu ishlar g始o始za va boshqa qishloq xo始jalik ekinlarining yangi navlarini yaratish jarayonini o始ta tezlatadi va selektsionerlarning imkoniyatlarini bir necha barobar oshiradi.

袗.袗bdukarimov “Genom texnologiyalari markazi” qoshida molekulyar markerlar bo始yicha halqaro trening markazi tashkilotchisi. Shu kunga qadar ushbu markazda O始zbekiston, Kozog始iston, Qirg始iziston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlaridan 30 dan ziyod yosh olimlarning treningi amalga oshirildi. Bu 袗.袗bdukarimov rahbarlik qilayotgan laboratoriyaning ulkan ilmiy salohiyati belgilaridan biri.

袗bdukarimov 18 ta fan nomzodi, to始rt nafar fan doktori tayyorladi. 袗.袗bdukarimov hamkorligida 300 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan, ular qatorida 1 ta monografiya, 2 ta darslik, 24 ta patent.

袗bdukarimov shogirdlari bilan yozgan ilmiy maqolalar mahalliy va nufuzli xorijiy (袗merika, Frantsiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina) ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida nashr etilgan.

Bugungi kunda 袗.袗bdukarimov O始zbekistonda biotexnologiyani rivojlantirish Kontseptsiyasining shakllanishiga xissasini qo始shgan.           

Doimo atrofiga iste始dodli yoshlarni yig始a olgan yetuk olim sifatida o始zining tashkilotchilik va yuksak insoniy fazilatlari bilan respublika va xorijiy olimlar hurmatini qozongan.

2021-yilda davlatimizning yuksak muokofti “Do始stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

袗kademik 袗bdusattor 袗bdukarimovni qutlug始 80 yoshi bilan O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan tabriklaymiz, ularga mustahkam sog始lik, kuch-quvvat, ilm-fan ravnaqi va kelajak avlod tarbiyasi yo始lida hech qachon charchamasliklarini tilab qolamiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!