Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Akademik Abbosxon To’rayev bilan onlayn suhbat o'tkazildi


Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda o’tkazilayotgan “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasining bu galgi mehmoni bioorganik kimyo sohasidagi yetuk olim, OʻzR FA akademigi Abbosxon To’rayev bo’ldilar.

Ushbu onlayn suhbat Zoom platformasida bo’lib o’tdi. Unda 90 nafarga yaqin Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Xiva va Nukus shahridagi Prezident maktabi o’qituvchi hamda o’quvchilari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Onlayn suhbatda akademik Abbosxon To’rayev o’quvchilarga o’zining ilmiy izlanishlari, bioorganika sohasiga qiziqishi va bu sohaga kirib kelishi, yoshlikdagi qiziqishlari va orzulari, ustozlari haqida gapirib berdi va o’quvchilar ham o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Akademik Abbosxon To’rayev o’quvchilarni o’qishga, izlanishga va davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishga chorladi. Suhbat ishtirokchilari akademik Abbosxon To’rayevga o’z minnatdorchiligini bildirdilar va bunaqa uchrashuvlar davomli uyushtirilishi istagida ekanliklarini ta'kidladilar.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!