Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlashda Yaponiya tajribasi


Joriy yil 30-may kuni Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi Farmoni qabul qilingan edi. Hozirgi kunda jahon amaliyotidagi qurilishlarda bino va inshootlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash masalalari yetakchi oʻrinni egallaydi. Bu borada dunyoning rivojlangan mamlakatlarida maʼlum yutuqlarga erishilgan boʻlib, bino va inshootlarni loyihalashda mustahkamlik va zilzilabardoshlikni taʼminlash uchun konstruktiv yechimlar va antiseysmik chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hisoblash usullarini takomillashtirishga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Maʼlumki, Oʻzbekiston faol seysmik hududlar qatoriga kiradi. Shuning uchun ham binolar va inshootlarning qurilishi hamda ularning zilzilabardoshligi masalalari hamisha dolzarbdir. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida “Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlashda Yaponiya tajribasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

 

Davra suhbatida Informatsion-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini muvofiqlashtirish shoʻbasi, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Innovatsion rivojlanish vazirliklari, Fanlar akademiyasi, Fargʻona politexnika instituti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Turin politexnika universitetining Toshkent shahridagi filiali, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Fuqaro muhofazasi instituti, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) huzuridagi Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hamda Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti xodimlari  ishtirok etdilar.

Davra suhbatida mamlakatimizda seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tegishli sohalardagi bugungi kunning dolzarb muammolari, bu borada olib borilayotgan oʻzaro hamkorlik istiqbollari hamda chet el tajribasini amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!