馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

Adabiy merosimiz ustunlari


2021-yil 10-fevral kuni O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti, Toshkent shahar 274-sonli umumta始lim o‘rta maktabi va Yoshlar media akademiyasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bag‘ishlangan «Adabiy merosimiz ustunlari» mavzusida ma始naviy-ma始rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, t.f.n. X.T.Fayziyev tomonidan ochib berildi.

Tadbirda “Temuriylar davri ilm-fan va madaniyati”, “Alisher Navoiy va Kamoliddin Behzod - ma始rifat homiylari”, “Alisher Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asari xususida”, “Alisher Navoiy bunyodkorligi haqida yozma ma始lumotlar”, “Vatanimizning boy tarixi – milliy ruh tayanchi” mavzularida ma始ruzalar tinglandi. Shuningdek, Toshkent shahar 274-sonli umumta始lim o‘rta maktab o‘quvchilari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

 

Tadbir ishtirokchilariga Muzey ma始muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!