馃寪

Sayt tanlovi

Shu saytda qolasizmi yoki yangi saytga o'tasizmi?

Yangi saytga o'tish →
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga press-tur tashkil etildi


Joriy yil 25-avgust kuni Fanlar akademiyasi 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Press-tur doirasida dastlab Institut faoliyatiga bag始ishlangan matbuot anjumani o始tkazildi. Unda Institut faoliyati, bu yerda saqlanayotgan noyob qo始lyozma manbalarning o始rganilishi, restavratsiya va raqamlashtirish ishlari, kadrlar tayyorlash masalalari, shuningdek, Institut “Yosh olimlar” Kengashi tomonidan muntazam o始tkazib kelinayotgan “Bilimkent” ilmiy seminari haqida ham ma始lumot berib o始tildi.

So始ngra press-tur ishtirokchilari restavratsiya va raqamlashtirish ishlari, Institut fondida saqlanayotgan qo始lyozmalar yaqindan tanishdilar.

  

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 袗bu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 1943-yil O始zbekiston Davlat xalq kutubxonasi (hozirgi 袗lisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasi) ning Sharq bo始limi asosida tashkil topgan va 1950-yilgacha Sharq qo始lyozmalarini o始rganish instituti deb atalgan. 1950-yilda esa Institutda olib borilayotgan ilmiy sohalar qamrovini hisobga olib, Sharqshunoslik instituti deb nomlangan.

Dastlab Institutda Sharq qo始lyozmalarini o始rganishga mo始ljallangan yagona bo始lim mavjud bo始lib, keyinchalik qo始lyozmalarni tasniflash, ilmiy o始rganish va tavsiflash, tadqiq etish va nashrga tayyorlash, shuningdek, Sharq xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini o始rganishga ixtisoslashgan bo始limlar tashkil etildi.

Institutning ilmiy faoliyati asosan bu yerdagi qo始lyozmalar fondi bilan bog始liq. Bu qo始lyozmalar majmuasi ilmiy jihatdan dunyodagi eng yirik va mashhur xazinalaridan biri hisoblanadi. Bu xazinada saqlanayotgan asarlarning ichida eng qadimiysi IX asrga oid (Qur始oni karimning kufiy xati bilan kitobat qilingan nusxasi), eng yangilari esa XX asrning o始rtalariga to始g始ri keladi.

Qo始lyozmalar majmuasidagi asarlar o始zbek, arab, fors, tojik, urdu, pushtu, ozarbayjon, turk, tatar, turkman, uyg始ur va boshqa sharq xalqlari tillarida yozilgan. Mazkur asarlar o始rta asr va undan keyingi davrlar fanining turli tarmoqlariga, ya始ni tarix, adabiyot, falsafa, huquq, falakiyot, kimyo, tabobat, jug始rofiya, dorishunoslik, til, musiqa, matematika, ma始danshunoslik va boshqa sohalarga oid.

Hozirgi vaqtda qo始lyozmalar xazinasida 26000 jildga yaqin qo始lyozma saqlanmoqda. Ularning ko始pchiligida bir qancha asarlar jamlangan. Toshbosma va nashr etilgan kitoblarning umumiy soni 40000 ga yaqin jildni tashkil etadi. Ular O始rta Osiyo, shuningdek, Sharq mamlakatlari – arab davlatlari, 袗fg始oniston, Pokiston, Turkiya, Xitoy, Eron, Hindiston tarixini o始rganishda o始ta muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, Institutning qo始lyozmalar xazinasida 10 mingga yaqin tarixiy hujjatlar ham saqlanadi.

Fondda ming yillik tarixni qamrab oluvchi tarixiy hujjatlar ham saqlanadi. Ulardan eng qadimiysi X asrga va eng yangilari XX asr boshlariga to始g始ri keladi. Buxoro, Xiva, Qo始qon xonliklariga oid arxiv hujjatlari ularning asosiy qismini tashkil etadi. Bu hujjatlarni o始rganish va nashr etish bo始yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

1952-yildan boshlab Institut xazinasida saqlanayotgan qo始lyozmalar fihristini nashr etish ishlari yo始lga qo始yildi. Bugungi kunga kelib “O始zbekiston Fanlar akademiyasi Sharq qo始lyozmalari to始plami” nomli fihristning 11 jildi va tarix, tabobat, tabiiy fanlar, tasavvufga oid hamda “Sharq miniatyuralari” kataloglari ham nashr etildi. Qo始lyozmalarni kataloglashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Institutda yana ilm-fanning buyuk daholari: 袗bu Nasr Forobiy, 袗bu 袗li ibn Sino, 袗mir Hisrav Dehlaviy, 袗bdurahmon Jomiy, 袗lisher Navoiy qalamlariga mansub asarlar qo始lyozmalarining alohida fihristlari ham chop etilgan.

2000-yilda Institutning qo始lyozmalar xazinasi dunyodagi eng boy qo始lyozmalar majmuasi sifatida YuNESKO Madaniy meros ro始yxatiga kiritilgan.

O始zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ始ib qilish tizimini yaiada takomillashtirish chora-tadbirlari to始g始risida”gi 2017-yil 24-maydagi 2995-sonli Qaroriga asosan Institut mamlakatimizdagi qadimiy qo始lyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo始lgan zamonaviy yozma manbalarni saqlash, o始rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targ始ib qilish bo始yicha yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.

Institutning Konservatsiya va restavratsiya laboratoriyasida 7 nafar mutaxassislar faoliyat olib boradi. Bu yerda yiliga 10ga yaqin qo始lyozma va toshbosma kitoblar sahifalari, muqova qismlarini ta始mirlash, ularga maxsus qutilar yasash amaliyotlari bajariladi.

Bundan tashqari, Institutda Mikrofilmlashtirish va skanerlash bo始limi faoliyati ham yo始lga qo始yilgan. Bo始limda 4 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi. Xodimlarning yillik me始yori 80 000 kadr qo始lyozma va toshbosma kitoblarning raqamli nusxalarini tayyorlashdan iborat. Jumladan, 2017-2021-yillar davomida jami 1014 ta qo始lyozma raqamlashtirilgan bo始lib, u 314 305 ta kadrni tashkil etadi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!