Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Abu Ali ibn sino – O'zbekiston g'ururi va jahon merosi” xalqaro anjumani-olimlar va yoshlar fikrlar almashinuv maydoni bo'ldi



  

Bugun Toshkent muzeyida mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston tarixi  davlat muzeyi, Ibn Sino jamoat fondi, “Oʻzbekiston tarixi”  telekanali va Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi bilan hamkorlikda “Abu Ali ibn Sino – O'zbekiston g'ururi va jahon merosi” mavzusidagi an’anaviy xalqaro anjuman va ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda sharqshunoslar, tarixchilar, faylasuflar, islomshunoslar, shifokorlar, shuningdek, NNT vakillari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi. 
Ushbu tadbir doirasida O'zbekiston tarixi davlat muzeyi va Ibn Sino jamoat fondi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomolik maktabi o'quvchilari tomonidan yaratilgan 200 dan ortiq badiiy asarlar ko‘rgazmasi tashkil etildi, eng yaxshi sanʼat asarlari saralab olindi va bir qator yosh iqtidorli rassomolar Ibn Sino jamoat fondi mukofotlari bilan taqdirlandi va ularga  esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Yoshlar ijodi asosida tashkil etilgan ko‘rgazma tahsinga sazovor. Rassom yoshlarimizning keng dunyoqarashi, o‘ziga xos tasavvur olami bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldik. Xalqaro ilmiy anjumanda ham Abu Ali ibn Sino hayoti, ilm-fanga qo‘shgan hissasi alohida tilga olindi. O'zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Jannat Ismoilova tadbirda ishtirok etayotgan yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan  “Ibn Sino talqinida tarbiya va axloq masalalari” mavzusida taqdimot qildilar. “O‘zbekiston tarixi” telekanali direktori Shuhrat Hayitov o‘z nutqlarida ilm-fan targ‘iboti bugun juda muhim masala ekanligini alohida ta’kidlab, “O‘zbekiston tarixi” telekanali olimlar kanali, olimlar uchun minbar ekanligini aytib o‘tdilar. Buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini o‘rganish va uni OAV targ‘ib etish bugun uchun g‘oyatda muhim masala hisoblanishini  kuyunib  so‘zladi. Tadbirda ishtirok etgan olimlar rassom yoshlarga Ibn Sino shaxsini to‘laroq anglatishga harakat qilishdi. Bugungi ma’ruzalardan so‘ng yosh rassomlar Abu Ali ibn Sino obrazini o‘z asarlarida  yanada mukammal yaratishlariga ishonchimiz komil.    

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!