Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Abdulla Oripov ijodining ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati” mavzusida konferensiya o'tkazildi


Atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi, zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan taniqli ijodkor Abdulla Oripov. Bu yil atoqli shoir tavalludining 80 yilligi respublikamiz bo’ylab keng nishonlanmoqda.

Bugun, 24-mart kuni O’zR FA O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan "Abdulla Oripov ijodining ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi. Unda Institut yetakchi olimlari, akademiklar, taniqli adabiyotshunoslar, yosh tadqiqotchilar va doktorantlar bilan bir qatorda Ozarbayjon hamda Turkiyadan ham adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi.

Konferensiyani Institut direktori Nizomiddin Mahmudov ochib berdi. So’ngra FA vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov so’zga chiqib, Abdulla Oripov ijodining o’zbek adabiyotidagi o’rni, sezmazmun va serqirra ijodi haqida gapirib, konferensiya ishtirokchilariga muvafaqqiyatlar tiladi.

So’ngra, akademik Naim Karimov shoirni xotirlar ekan, jamiki she'riy janrlardan foydalana bilgan, o'z asarlarida vatanparvarlik tuyg'usi, mehr, vafo, yuksak insoniy fazilatlarni kuylagan haqiqiy ijodkor bo'lganligini ta'kidladi.

  

Shundan so’ng, akademik Qalandar Abdurahmonov so’zga chiqib, shoir bilan bog'liq xotiralarni eslar ekan, Abdulla Oripov nafaqat o'zbek adabiyotida, balki tarjima asarlari bilani jahon adabiyotida ham alohida o'ringa egalini aytdi. So'ngra akademik o'zining Abdulla Oripovga bag'ishlab yozgan kitoblarini Institut jamoasiga sovg'a qildi.

Konferensiyada so'zga chiqqanlar Abdulla Oripov bilan bog'liq xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Shoirning tug'ma iste'dod egasi ekanligini, serqirra ijodi va uning bugungi kun o'zbek adabiyotida tutgan o'rni, tarjima asarlari haqida gapirdilar.

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!