O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.
Unga ko‘ra, mamlakatimizda aziz va mo‘tabar ayol zotini ulug‘lash, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida hamda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh ayollar, shu jumladan, Fanlar akademiyasi olimalari ham orden va medallar bilan mukofotlandi:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Rasulova Muxayo Yunusovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi.
“Do‘stlik” ordeni bilan
Karimova Nigora Ganiyevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti kino va televideniye bo‘limi mudiri;
Radjabova Burobiya Tangirovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi.
Taqdirlanganlarni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan muborakbod qilamiz, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusidagi faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tilaymiz!