Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

30-iyun – Yoshlar kuni!


AZIZ YOShLAR!
Sizlarni “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi nomidan tabriklaymiz!
Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida – yoshlar, ularning bilim va salohiyatiga bo‘lgan e’tibor turibdi. Ilm-fan sohasida ham yurtimiz yoshlari tobora faol ishtirok etib, yangi g‘oyalar, innovatsion ishlanmalar va texnologik yangiliklar bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shmoqdalar.
Sizlarning izlanuvchanligingiz, yangilikka intilishingiz va qat’iyatli mehnatingiz – mamlakatimizning ertangi porloq kelajagi uchun ishonchli kafolatdir. Fanlar akademiyasi doimo yosh olim va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirishga tayyor!
Yoshlar kuni munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyatlar va ulkan yutuqlar tilaymiz!
Yurtimiz ravnaqi yo‘lida ilmiy salohiyatlaringiz yanada yuksalaversin!

 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!