Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

30-iyuldan hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha yangi 1444-yil boshlanadi


2022-yil 30-iyuldan Oy harakatiga asoslangan hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha yangi 1444-yil boshlanadi. O‘zR FA Astronomiya institutining laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori S.P. Ilyosov boshchiligidagi ilmiy guruh O‘zbekiston musulmonlar idorasi buyurtmasiga asosan 1444-hijriy-qamariy yil uchun taqvim tayyorladi.

Taqvimda Toshkent shahri va mamlakatimizning 60 dan ortiq yirik aholi punktlari uchun kunlik besh mahal namoz vaqtlari berilgan. Taqvimni tuzishda Institut olimlarining respublikamizning turli hududlarida olib borgan ko‘p yillik kuzatuv ma’lumotlaridan foydalanilgan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!