Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

21-iyun kuni Halqasimon Quyosh tutilishi kuzatiladi


Shu yilning 21-iyun kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin. Ushbu tutilish to‘liq shakldagi Halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ladi.

http://astrin.uz/uz/news/ubai_event/21062020/1_700wl.jpg

Tutilish fazalari

Dunyo vaqti

Qisman tutilishning boshlanishi

21-iyun 03:45:58

To‘liq tutilishning boshlanishi

21-iyun 04:47:45

Tutilishning maksimum qiymati

21-iyun 06:40:04

To‘liq tutilishning tugashi

21-iyun 08:32:17

Qisman tutilishning tugashi

21-iyun 09:34:01


Ushbu astronomik hodisa Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevroosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatish mumkin.

http://astrin.uz/uz/news/ubai_event/21062020/2_700wl.jpg

Bu davlatlar ichida (Kongo Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Afrika Respublikasi, Sudan, Janubiy Sudan, Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Eriteria, Yaman, Ummon, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Tayvan) 14 ta davlat aholisi to‘liq shakldagi Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatish imkoniga egalar.

O‘zbekiston Respublikasining hamma hududida qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi. Quyosh tutilishi eng katta qiymatiga erishgan vaqtida Respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlarida ya’ni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida Quyosh yuzasining 39% dan 50% gacha bo‘lgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa Quyosh yuzasining 58% gacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi. Yurtimizning eng janubiy hududi – Termiz shahrida esa bu qiymat 63% gacha yetadi. O‘zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida tutilishni kuzatishlari mumkin.

Aholi yashash punktlari

Tutilishning boshlanish vaqti

Tutilishning maksimum vaqti

Tutilishning tugash vaqti

Maksimal fazasi (foizda va tutilish kattaligida*)

Tutilishning umumiy davomiyligi

Toshkent

10:01

11:24

12:51

51% (0,61)

2 soat 49 daqiqa

Nukus

09:56

11:08

12:27

39% (0,50)

2 soat 31 daqiqa

Urganch

09:54

11:09

12:30

42% (0,53)

2 soat 35 daqiqa

Navoiy

09:54

11:15

12:43

52% (0,61)

2 soat 48 daqiqa

Buxoro

09:52

11:13

12:40

52% (0,61)

2 soat 48 daqiqa

Samarqand

09:55

11:18

12:47

55% (0,64)

2 soat 52 daqiqa

Qarshi

09:51

11:14

12:44

56% (0,65)

2 soat 52 daqiqa

Termez

09:49

11:15

12:49

63% (0,71)

2 soat 59 daqiqa

Jizzax

09:57

11:20

12:49

54% (0,63)

2 soat 52 daqiqa

Guliston

09:58

11:22

12:50

54% (0,63)

2 soat 52 daqiqa

Andijon

10:04

11:29

12:59

55% (0,65)

2 soat 55 daqiqa

Namangan

10:03

11:28

12:57

54% (0,65)

2 soat 53 daqiqa

Farg‘ona

10:02

11:27

12:57

56% (0,65)

2 soat 53 daqiqa

Qo‘qon

10:01

11:26

12:56

56% (0,65)

2 soat 54 daqiqa

Zomin

09:57

11:21

12:50

55% (0,64)

2 soat 52 daqiqa

O‘zbekistonning yirik aholi punktlari uchun Halqasimon Quyosh tutilishining ba’zi tafsilotlari.

*Tutilish kattaligi – bu Quyosh diametrining Oy tonomidan to’silgan qismi hisoblanadi.


Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 51% ini to‘sadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 68° ni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 49 daqiqani tashkil etadi. Soat 12:51 da Quyosh tutilishi yakuniga yetadi. Ushbu qiymatlar faqat Toshkent shahri uchun hisoblangan bo‘lib, tutilishning boshlanishi, maksimal qiymati va tugashi yurtimizning boshqa hudularida ham shunga yaqin vaqtlarda va qiymatlarni aks etgan holda yuz beradi.
 

Tutilish fazalari

To‘silish foizda

Toshkent vaqti

Quyoshning gorizontdan balandligi

Qisman tutilishning boshlanishi

0%

21-iyun 10:01:48

55°

Tutilishning maksimum qiymati

51%

21-iyun 11:24:10

68°

Qisman tutilishning tugashi

0%

21-iyun 12:51:40

71°

Tutilish fazalarining Toshkent vaqti bo‘yicha boshlanish vaqti

Manba: http://astrin.uz/


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!