Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

2 jildlik “Xorаzm vа xorаzmliklаr” kitobi chop qilindi


Xorazm Maʼmun akademiyasi tayanch doktoranti U.Bekimmetovning 2 jildlik “Xorаzm vа xorаzmliklаr” kitobi chop qilindi.

“Xorazm va Xorazmliklar” turkumidagi birinchi kitobda Xorazm toponimi, uning kelib chiqishi bilan bogʼliq olimlarning fikr mulohazalari, taxminlari va xalq orasida tarqalgan afsona va rivoyatlar, ilmiy faktlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, Xorazmning tabiiy geografik joylashuvi, qadimiy oʼlka tarixining turli davrlaridagi voqealar, jarayonlar yoritib berilgan.

 

Bundan tashqari, Beruniy, Shayx Bahlulbek, Qozikalon Salimoxun, Bobooxun Salimov, Rahmat Majidiy, Nazirqul Hasanov, Komiljon Otaniyozov, Poshshajon Mahmudova, Madiyor Solayev singari Xorazm tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning hayoti va faoliyati yangi maʼlumotlar asosida tadqiq qilingan.

Shu kabi Xorazmda yashagan mennonit nemislarining voha taraqqiyotiga qoʼshgan katta hissasi, voha tarixini teran tadqiq qilgan V.Bartold, Z.Bunyodovlarning hayoti, ilmiy merosi ham ushbu birinchi kitobda qamrab olingan.

Ikkinchi kitobda viloyatdagi mavjud tumanlar toponimikasi, ularning kelib chiqishi, Xiva shahridagi minoralar, ularning qurilishi bilan bogʼliq jarayonlar tahlil etilgan. Shuningdek, Yevropada oʼqigan birinchi irrigator Muhammad Аminaddinov,birinchi kinoperator Xudoybergan Devonov, Germaniyada oʼqigan Maryam Sultonmurodova, Xiva xonligi arxiv hujjatlarini oʼrgangan А.L.Kun, P.Ivanov, M.Yoʼldoshevlar, sharqshunos А.Samoylovich, Urganchda tugʼilib oʼsgan mashhur polyak xonandasi Аnna German, 1934-1937-yillarda Xorazmga rahbarlik qilgan Normat Isroilovlar hayoti va faoliyati ham yangi arxiv maʼlumotlari va boshqa manbalar asosida tadqiq qilingan.

 Har ikkala kitob nafaqat oliy oʼquv yurtlarining bakalavr, magistrlari, tadqiqotchilar, balki keng omma uchun ham moʼljallangan.


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!