1991-yil 18-noyabr — "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun!
Bu sana O‘zbekiston davlat ramzlari shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, bayroq mustaqil O‘zbekistonning suvereniteti va milliy qadriyatlarini ifodalaydi.
Yurtimizning birdamligi, tinchligi va ravnaqi bardavom bo‘lsin. Bayrog‘imiz doimo baland hilpirab, el-yurtimizga faxr va g‘urur bag‘ishlab tursin.