Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“11-FEVRAL — XALQARO ILM-FANDAGI XOTIN-QIZLAR KUNI”


Ma’lumki, Davlatimiz Rahbari tomonidan ayol-olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ayollar hamda qizlarni fanga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Buning natijasi o’laroq, ilm-fanda ayollar ko’rsatkichi yildan yilga oshib borayotgani quvonarli.

Xususan, 2025-yil yanvar holatiga Fanlar akademiyasi tizimida jami 5243 nafar xodim (2093 nafar ayol), jumladan 2834 nafar ilmiy xodim (997 nafar ayol), 76 nafar akademik (5 nafar ayol), 494 nafar fan doktori (117 nafar ayol), 845 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (272 nafar ayol) faoliyat olib bormoqda.

Tizimda mavjud 35 ta tashkilotdan 4 tasida ayol direktorlar rahbarlik qilmoqdalar. Fanlar akademiyasi rahbariyatida 2024-yilning 4-aprelidan kimyo-biologiya yoʻnalishi boʻyicha vise-prezident Turdikulova Shahloxon Oʻtkurovna oʻz faoliyatini boshladi. 

Fanlar akademiyasi tasarrufidagi 31 ta ilmiy tashkilot doktoranturalarida jami 775 (337 ta ayol) nafar tayanch doktorant, 85 (26 ta ayol) nafar doktorantlar tahsil olmoqdalar.

Bugungi “Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan ilm-fan sohasidagi barcha xotin-qizlarni tabriklaymiz.

Ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat, kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida muvafaqqiyatlar tilaymiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!