“O‘zbekiston fizika jurnali” ilmiy jurnalining asoschisi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisoblanadi. Jurnal 1957-yildan chiqa boshlagan. 2006-yil 22-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligidan qayta ro‘yxatdan o‘tgan. Guvohnoma № 0044. (ISSN 1025-8817 - bosma nashr, ISSN 2181-077X - elektron nashr).
“O‘zbekiston fizika jurnali” fizika sohasiga ixtisoslashtirilgan respublikadagi yagona maxsus jurnal hisoblanib, fizika fanining turli yo‘nalishlaridagi ishlanmalari va barcha yo‘nalishdagi tadqiqotlarni qamrab oladi:
01 Nazariy va matematik fizika. Fizikaviy jarayonlarni modellashtirish. (Mas'ul muharrirlar - professor Abdullaev F.Kh., akademik Musakhanov M.M.)
02 Kondensatsiyalangan moddalar fizikasi. Nanofizika va nanotexnologiya.
(Mas'ul muharrirlar - professor Tashmetov M.Yu., professor Ibragimova E.M.)
03 Fizik elektronika va plazma fizikasi. (Mas'ul muharrir - professor Kh.B. Ashurov)
04 Atom va yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi. (Mas'ul muharrir - akademikYuldashev B.S.)
05 Optika va spektroskopiya. Lazer fizikasi. Nochiziqli optika. (Mas'ul muharrir - akademik Bakhramov S.A.)
06 Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi. (Mas'ul muharrir - professor Mirzaev S.Z.)
07 Biofizika va tibbiy fizika. Kimyoviy fizika. (Mas'ul muharrir - professor Oksengendler B.L.)
08 Materialshunoslik. (Mas'ul muharrir - professor Kurbanov M.Sh.)
09Astronomiya. Astrofizika va kosmologiya. (Mas'ul muharrir - professor Ahmedov B.J.)
Nashr tili. Rus, ingliz, o'zbek.
Jurnalning maqsad va vazifasi. Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining doktorantlari va magistrlari, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni fizika sohasidagi yangiliklar, yutuqlar va so‘nggi ishlanmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
Mutaxassisligi. Jurnalda fizika sohasida olib borilayotgan original ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha tayyorlangan maqolalar chop etiladi.
Jurnalning aloxida xususiyatlari. Jurnal fizika fanining asosiy yo‘nalishlaridagi barcha tadqiqotlarni qamrab oladi.
Respublika institutlari bazasida o‘tkazilgan respublikadagi xalqaro va maxalliy, simpozium va konferensiyalar materiallariga bag‘ishlangan maxsus sonlar chop etiladi.
Tarqatilish hududi - Jurnal Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti tomonidan faqat obunachilarga yetkaziladi. O'zbekiston fizika jurnali WorldCat, elibrary.ru, JINR ilmiy-texnik kutubxonasi, Germaniya Milliy kutubxonasi Technischer Informations bibliothek (TIB), Internet Open Access Catalog (OPAC), Xalqaro yadro axborot tizimi (INIS) tomonidan indekslanadi.
Moliyalashtirish manbai – budjetdan tashqari mablag‘lar va obunachilar hisobidan.
Bosh muharrir
Bobomurot Juraevich Ahmedov
Tug‘ilgan kuni: 4-iyun 1963 yil.
Tug‘ilgan joyi: Samarqand.
Yo‘nalishi: fizika-matematika
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti, laboratoriya mudiri (2016-yildan - h.v.)
Fizika-matematika fanlari doktori, professor
Ilm sohasi Relyativistik astrofizika va nazariy fizika
1985 yilda A. Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
2012 yil "Mehnat Shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan. Ahmedov yangi xalqaro miqiyosda tan olingan relyativistik astrofizika ilmiy maktabini yaratgan, 200dan ortiq ilmiy ishlar, 3 ta monografiya muallifi. 2 ta fan doktori, 8 ta fan nomzodi va falsafa doktori PhD tayyorlagan. 2018 yilda Butun Jahon Fanlar Akademiyasi (TWAS) xaqiqiy a’zoligiga saylangan. 2018 yilda Scopus xalqalaro ma'lumotlar bazasi bo'yicha "Yil olimi", 2017 yilda Web of Science xalqalaro ma'lumotlar bazasi bo'yicha "Eng yuqori havola qilingan muallif" («Highly Cited Author»). 2018 yildan beri Springer nashrining "Arabian Journal of Mathematics" muharriri.
Manzil: |
100125, O'zbekiston, Toshkent, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi 33 |
Telefon: |
(+99871) 262-31-69 |
Faks: |
(+998-71) 262-32-54 |
E-mail: |
|
Sayt: |