Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali


“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnalining muassisi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisoblanadi. Jurnal 1958-yildan buyon nashr etiladi. O‘zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi tomonidan 2017-yil 19-oktabrda ro‘yxatga olingan. Guvohnoma № 0053.

“O‘zbek tili va adabiyoti”  –  o‘zbek tilshunosligi va adabiyotshunosligi masalalarini keng yorituvchi mamlakatimizdagi yagona ilmiy-akademik jurnal. Jurnalda ilmiy-adabiy jarayon tahlil qilinib, o‘zbek tili va adabiyoti, folklor sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, bu fanlardagi eng so‘nggi izlanishlar natijalari, muhim va dolzarb muammolar, bahs-munozaralar, mumtoz merosimizning e’lon qilinmagan namunalari, shuningdek, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va folklorshunoslikka oid nazariy masalalar yoritib boriladi.

Jurnal tili: o‘zbek tili.

Maqsadi va vazifalari: Tilshunoslik, adabiyotshunoslik va folklorshunoslikning muhim nazariy masalalari va dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy va munozarali maqolalarni yoritib borish, bu fanlardagi eng so‘nggi izlanishlar natijalari, yangi tadqiqotlar bilan keng o‘quvchilar ommasini tanishtirib va boshqalar.

Ixtisosligi: Jurnalda tilshunoslik, adabiyotshunoslik va folklorshunoslik yo‘nalishidagi maqolalar chop etiladi.

Tarqatish hududi: O‘zbekiston Respublikasi

Davriyligi: Ikki oyda bir marta

Moliyalashtirish manbai: Asosiy moliyalashtirish obuna tushumi hisobidan.

Hajmi: 70x108 formatda, 128 sahifada.

Adadi: obunachilar soniga ko‘ra belgilanadi.

Bosh muharrir

Mahmudov Nizomiddin Mamadaliyevich

Tug‘ilgan sanasi:  1951-yil 9-yanvar

Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona viloyati

Yo‘nalishi: Tilshunoslik

O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori (2010-yildan hozirgacha)

U 1978-yilda nomzodlik, 1984-yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan, 1988-yilda unga professor ilmiy unvoni berilgan. 1991-yilda O‘zbekistan Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan.

N.Mahmudov keng qamrovli filolog sifatida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, ma’naviyat-ma’rifat masalalari bo‘yicha izlanishlar olib boradi. Uning mazkur yo‘nalishlarda e’lon qilgan 400 ga yaqin ishlarining 50 dan ortig'i alohida kitoblardir. 14 fan nomzodi va 4 fan doktori tayyorlagan.

“Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan (2018).

Manzil:

100060, O‘zbekiston, Toshkent shahri. Shahrisabz tor  ko‘chasi, 5-uy

Telefon:

(+998-71) 233-36-50

Faks:

(+998-71) 233-71-44 

E-mail:

jurnal_uzlit@mail.ru

 


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!