Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“Yangi materiallar va quyosh texnologiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkaziladi


Yana bir yirik Xalqaro ilmiy anjuman!

O‘zbekiston “yashil” energetika va yangi materiallar yo‘nalishida xalqaro ilmiy muloqot markaziga aylanmoqda.
2025-yil 28–30-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti tomonidan “Yangi materiallar va quyosh texnologiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkaziladi.

Ushbu nufuzli tadbirda 17 mamlakatdan 40 nafarga yaqin tadqiqotchi hamda O‘zbekistonning yetakchi olimlari ishtirok etadi. Anjumanda aqlli materiallar, nanotexnologiyalar va quyosh energetikasi yo‘nalishlaridagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlar muhokama qilinadi.

Boshlanish vaqti: 2025-yil 28-aprel, soat 10:00
Manzil: Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Quyosh” qo‘rg‘oni
Eslatma: Tadbir uchun transport tashkil etiladi.

Ilm-fan va texnologiyaga qiziquvchilarni ushbu xalqaro anjumanda ishtirok etishga taklif qilamiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!