XALQARO KONFERENSIYA VA SEMINAR-TRENINGGA TAKLIF QILAMIZ!
Hurmatli OAV vakillari, tadqiqotchilar va barcha qiziquvchilar!
Joriy yilning 22–25-aprel kunlari Fanlar akademiyasi Botanika instituti tomonidan “Capacity Enhancement Support Programme (CESP) – CESP2025-004: Pan-Central Asia GBIF data publication conference and workshop” mavzusida xalqaro konferensiya va seminar-trening o‘tkaziladi.
Tadbirning rasmiy ochilishi:
Sana: 22-aprel
Vaqti: 10:00
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li, 32-uy.
Mazkur konferensiya va seminar-treningning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mintaqasida biologik xilma-xillik ma’lumotlarini yig‘ish, tizimlashtirish va xalqaro platformalarda, xususan GBIF (Global Biodiversity Information Facility) orqali nashr etish salohiyatini oshirishdan iborat.