O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etilganining 23 yilligiga bag‘ishlab, joriy yilning 18-oktabr kuni “Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojini o‘rganish va targ‘ib qilishning umumbashariy ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Yalpi majlisdan so‘ng konferensiya o‘z ishini “Temuriylar davri yozma yodgorliklari: manbashunoslik va tarixshunoslik masalalari”, “Davlat va jamiyat boshqaruvi: arxitektura va bunyodkorlik ishlari; harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar” hamda “Temuriylar davri renessansi: ilm-fan va madaniyat, muzeyshunoslik muammolari” mavzularidagi sho‘’balarda davom ettiradi.
Konferensiya o‘z ishini 18 oktyabr, soat 9.00 Temuriylar tarixi davlat muzeyi kichik majlislar zalida boshlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 1.