Yagona aloqa raqami
  (+998) 71 2000036
;    
Ishonch telefoni
  (+998) 71 2335623

“O‘zbekistonda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti kunlari”ga taklif qilamiz!


Joriy yilning 21-25-aprel kunlari O‘zbekistonga Xalqaro Hukumatlararo ilmiy-tadqiqotlar tashkiloti Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti direktori G.V.Trubnikov boshchiligidagi delegatsiyasi  tashrif buyuradi. Tashrif doirasida “O‘zbekistonda Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti kunlari” o‘tkaziladi.

Tadbir doirasida ma’ruzalardan tashqari, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti ko‘rgazmasi, Fanlar akademiyasi va Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzolash marosimiga bo’lib o’tadi.

Sana: 2025-yil 22-aprel
Vaqti: 09:00
Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.  (Toshkent shahri, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 70-uy).

Mazkur tadbirga barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilamiz!


Yangiliklarni telegram kanalimizda kuzatib boring!