Oʻzbekiston xalq shoiri Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavalludining 120 yilligi munosabati bilan “Oybek ijodining maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-nazariy anjuman hamda “Yosh koʻngil. Oybek – kecha va bugun” kitobining taqdimoti oʻtkaziladi.
Anjumanda mamlakatimiz va xorijdagi yetuk mutaxassislar, olimlar, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqodchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar oʻz maqola va tezislari bilan ishtirok etishi mumkin.
ILMIY-NAZARIY ANJUMAN ISHINING YOʻNALISHLARI:
1. Oybek adabiy merosi Istiqlol adabiyotshunosligi nigohida;
2. Xorijiy oybekshunoslik;
3. Shoʻro davri va Istiqlol davri oybekshunosligining nazariy masalalari;
4. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida Oybek lirikasining ahamiyati;
5. Oybek dostonnavis va uning oʻzbek poemachiligida tutgan oʻrni;
6. Oybek – romannavis: uning oʻzbek romanchiligi taraqqiyotidagi ahamiyati;
7. Oybek qissalari, hikoyalarining oʻzbek nasri taraqqiyotidagi oʻrni masalasi;
8. Oybek – adabiyotshunos olim;
9. Oybekning badiiy tarjimachilik faoliyati;
10. Oybek asarlarining xorijiy tillarga tarjimasi;
11. Oybek asarlarining oʻrta va oliy taʼlimda oʻqitilish muammolari.