Seysmologiya sohasida xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tajribalarni o‘rganish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida joriy yil 31-yanvar kuni soat 10:00da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi majlislar zalida “Mikroseysmik tebranishlarni qayd etishning yangi usullari” mavsuzida Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (OIYaI, Dubna) va Yevropa yadro tadqiqotlari markazi (TsERN, Jeneva) vakillari ishtirokida Xalqaro seminar o‘tkaziladi.