O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida buyuk o‘zbek shoiri Hamid Olimjon tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan “Hamid Olimjon ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif qilamiz!
Anjuman 2019-yil 13-dekabr soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining majlislar zalida boshlanadi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz torko‘chasi, 5-uy.