O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish hamda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishiga bo‘lgan intilishlarini ko‘llab-kuvvatlash, iqtidorli yosh olimlarni aniqlash, ularning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, talabalarni ilmiy ishlarga qiziqishini orttirish, fan va ta’limni o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash maqsadida 2019-yil 25-26-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamkorlikda “Fan va texnika taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rni” mavzuida ilmiy-texnikaviy anjumani o‘tkaziladi.
Anjumanning ochilish marosimi 25-aprel kuni soat 10.00da O‘zR FA U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida bo‘lib o‘tadi.