Joriy yilning 27-28-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Namangan viloyati hokimligi hamkorligida "ILM-FAN TARAQQIYOTINI YOSHLAR YARATADI" MAVZUSIDAGI III AN’ANAVIY AKADEMIKLAR VA YOSHLAR KONGRESSI O'TKAZILADI.
Kongress dasturi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari ma’ruzalarini, mahorat darslarini, ilmiy-ijodiy uchrashuvlarni va davra suhbatlarni o‘z ichiga olgan.