O始ZBEKISTON RESPUBLIK袗SI F袗NL袗R 袗K袗DEMIYaSI ilmiy-tadqiqot muassasalari tasarrufidagi tayanch doktorantura va doktoranturaga 2026 yil uchun quyidagi ilmiy yo始nalishlar bo始yicha
Q袗BUL E'LON QILIN袗DI:
• fizika-matematika va texnika;
• tabiiy fanlar;
• ijtimoiy-gumanitar fanlar.
Qabulga tegishli barcha zarur ma始lumotlar va talablar bilan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va markazlari hamda mintaqaviy bo始limlarida tanishish mumkin.
Hujjatlar 2025-yilning 5-noyabrigacha qabul qilinadi.
Tayanch doktorantura kirish imtihonlari va doktorantura uchun suhbat 2025 yilning 5-25-noyabr davrida bo始lib o始tadi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchilar mutaxassislik fanidan imtihon topshiradilar.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- oliy ta始lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilguncha olingan oliy ma始lumot to始g始risidagi diplomga ega bo始lish;
- muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo始lgan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqola va ilmiy-amaliy konferentsiyalarda tegishli ilmiy yo始nalishlar bo始yicha ilmiy ishlar to始plamlariga kiritilgan ikkita ma始ruza-tezisga ega bo始lish;
- xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo始lish;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan Internetdan foydalana olish.
Doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olingandan so始ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo始lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo始nalishlar bo始yicha ilmiy ishlar to始plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo始lish;
- xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo始lish.


Boshqa shaharlardan kelgan mutaxassislar yotoqxona bilan ta始minlanadilar.
Qo始shimcha ma始lumot va qabul kvotalarini www.academy.uz saytidan olish mumkin.
Ma始lumot uchun telefonlar: (0-371) 233-59-46, 236-77-07.